AsosiyDunyo

Nosoz avtobusda Rossiyaga ketayotgan 55 nafar o`zbek Qozog`iston trassasida sovuqda qutqarib olindi

'Nosoz avtobusda Rossiyaga ketayotgan 55 nafar o`zbek Qozog`iston trassasida sovuqda qutqarib olindi'ning rasmi

Qozog`istonning Aqto`be viloyatida, respublika ahamiyatiga molik Samara-Chimkent avtomobil yo`lining 965-kilometrida “Toshkent-Qozon” yo`nalishida harakatlanayotgan texnik nosoz yo`lovchi avtobusi to`xtatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmatiga tayanib, “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.

Unda 55 nafar yo`lovchi – O`zbekiston fuqarolari bo`lgan.Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuchlari tomonidan yo`lovchilar Qorabutak qishlog`idagi masjidga evakuasiya qilingan, ular tibbiy yordamga muhtoj bo`lmagan.

- Ob-havoning o`zgarishini kuzatib borishingizni va ob-havo sharoiti yomonlashsa va yo`llarda transport vositalari harakatiga cheklovlar joriy etilsa, yo`lga chiqmaslikni qat`iy tavsiya qilamiz. Avtotransport vositalarining texnik holatini kuzatib boring, deb ta`kidladi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

    Boshqa yangiliklar