2024 yilning 15-19 yanvar kunlari Shveysariyaning Davos shahrida bo`lib o`tadigan Jahon iqtisodiy forumida koronavirus pandemiyasidan 20 barobar ko`proq halokatli bo`lishi mumkin bo`lgan “X kasalligi” muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining noma`lum "X kasalligi" koronavirus pandemiyasiga qaraganda 20 baravar ko`proq o`limga olib kelishi mumkinligi haqidagi yangi ogohlantirishlari bilan sog`liqni saqlash tizimini kelajakdagi ko`plab muammolarga tayyorlash uchun qanday yangi harakatlar kerak?" - deyiladi yig`ilish e`lonida.
Muhokama 17 yanvar kuni bo`lib o`tadi. Unda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreesus, Braziliya Sog`liqni saqlash vazirligi rahbari va boshqa sog`liqni saqlash ekspertlari ishtirok etadi.






