1

Yuzinchi usul

Mutolaa 14.01.2024, 23:00
Yuzinchi usul

Rivoyat qiladilarki, bir zamonlar kuchli bir polvon yashardi. Kunlarning birida bir yosh yigit o`sha polvonga shogird tushgani keldi. “Ustoz, sizga juda havas qilaman, polvonlik kasbini menga o`rgating, siz yiqitishning to`qson to`qqiz usulini bilar ekansiz!” Polvon uni shogirdlikka oldi. Unga kurash tushishning 99 usulini o`rgatdi. Shogird shundan so`ng ushbu usullarni qo`llab, atrof-javonibdagi barcha polvonlarning kuragini erga tekkizdi.

Yosh polvonning obro`yi kundan kunga oshib boraverdi. Xullas, u ustozidan bo`lak hamma polvonlarni mag`lub etdi. Oxiri unga kurash sirlarini o`rgatgan ustozni ham bellashuvga  chorladi. Bu paytda ustoz ancha yoshga borib qolgandi. Shogird keksa ustozini bemalol mag`lub etishiga ko`zi etardi.

Nihoyat kurash boshlandi. Hamma shogirdning bu qilmishini qoralar, keksa ustozga rahmi kelardi. Ammo kutilmaganda, ustoz noma`lum bir uslubni qo`llab, navqiron shogirdni erga bosdi.

Hamma hayron. Shogird ham xijolatdan qizarib: “ustoz, axir menga kurashning 99 sirini sirin o`rgatgandingiz, shu usullar bilan hamma raqiblarimni mag`lub etib kelgandim-ku?” deb so`radi. Ustoz “aslida raqibni mag`lub  etishning yuzta usulini bilardim, qachondir shunday holat yuz berishi bilib, bitta usulni o`zim uchun saqlab qolgandim, adashmagan ekanman” deya javob qaytardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1