Avvalroq, Sirdaryoda metan “zapravka” 62 mlrd 488 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangani xabar qilingan edi.
Ayni paytda Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, “B. M.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli Boyovut tumani "Beruniy" mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasida tijorat maqsadlarida noqonuniy daromad orttirishni ko`zlashib, hisoblagich priboridan tashqari gaz tarmog`iga to`g`ridan-to`g`ri o`zboshimchalik bilan ulashib, noqonuniy ravishda 62,5 mlrd. so`mlik 41 mln 666 ming metr tabiiy gazni o`g`irlashgan.
Holat yuzasidan “B. M.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, 2 nafar shaxs prosessual tartibda ushlandi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.






