Chiroqchi tumani hokimiga "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo`llanildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, ayni damda viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o`tkazilayotgan hokimlik soatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlashda nazoratni susaytirib yuborganligi hamda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.






