AsosiyJamiyat

Chirchiq daryosi atrofiga chiqindi tashlab ketilayotgani aniqlandi

'Chirchiq daryosi atrofiga chiqindi tashlab ketilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari tomonidan Chirchiq daryosida navbatdagi reyd tadbirlari olib borildi.

Reyd davomida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida Chirchiq daryosining muhofaza hududiga yuk mashinasi yordamida qurilish chiqindilari to`kilayotgani aniqlandi.

O`rganish natijasida fuqaro M.D. daryo hududiga chiqindilar to`kib, to`g`on hosil qilgan. U bu qonunbuzarligini Quyichirchiq tumanidagi fermer xo`jalik erlarini sug`orish maqsadida Chirchiq daryosining bir o`zanidan foydalanish uchun amalga oshirganini ta`kidlagan.

Fuqaro bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini o`zboshimchalik bilan tashlab ketavergan.

Holat yuzasidan tabiatga etkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda va hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar