AsosiyJamiyat

Samarqandda mashinadan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko`rildi

'Samarqandda mashinadan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko`rildi'ning rasmi

Samarqand viloyatida guruh bo`lib qoidalarni buzgan holda harakatlangan Gentra haydovchilari va tanasini mashinadan chiqarib soxta dollar sochgan shaxslarga chora ko`rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko`rish mumkinki, yigitlar harakatlanayotgan Gentra lyuki va oynalaridan tanasini chiqarib, pul sochgan. Hodisa Past Darg`om tumanida to`y korteji harakatlanganda sodir bo`lgan.

Qoidabuzarliklar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat viloyat IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan va barcha qoidabuzarlar topilgan.

Ularga nisbatan tegishli ma`muriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar