Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog`istondagi mintaqaviy vakili Qo`ng`irot tumanidagi 27-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirganida, mahkumlar mehnat huquqlarining buzilayotganligi bo`yicha shikoyat qilishgan edi.
Shundan so`ng, Ombudsman mintaqaviy vakili mahkumlarning shartnoma asosida mehnatga jalb etilgan 3 ta MChJlardagi mehnat va yashash sharoitlarini o`rgandi. O`rganishlar davomida ushbu korxonalardagi sharoitlar belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi. Shuningdek, 100 nafardan ortiq mahkumlarning oylik maoshlari to`lab berilmagani ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olinib, aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdimnoma kiritildi.






