AsosiyJamiyat

“Qamchiq" dovonida yog`ayotgan qor qalinlashib bormoqda (video)

'“Qamchiq" dovonida yog`ayotgan qor qalinlashib bormoqda (video)'ning rasmi

“Qamchiq" dovonida yog`ayotgan qor qalinlashib bormoqda.  Tuman, yo`llarda ko`rish masofasi 700 metrni, shamol tezligi 5-12 m/s ni, havo harorati -1 darajani, namlik 76 %ni tashkil etmoqda.  Bu haqda "Qamchiqavtoyo`l" xabar bermoqda.

Qor yog`ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to`xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta`minlash maqsadida sirpanchiqlikni oldini olish uchun tunu-kun yo`l qordan tozalab, qum-tuz sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

“Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini tavsiya qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar