AsosiyJamiyat

Bugun ham O`zbekistonning ayrim hududlarida yog`ingarchilik davom etadi

'Bugun ham O`zbekistonning ayrim hududlarida yog`ingarchilik davom etadi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° ilik bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar