O`tgan hafta davomida, ya`ni 8 – 14 yanvar kunlari “O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 630,6 mlrd so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 138,2% ga ko`pdir.
Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 84,2% birja savdolariga, qolgan 15,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to`g`ri keldi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 215,7 mlrd so`mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Sement
O`tgan haftada birja savdolari orqali 30 010,0 tonna sement sotildi. O`rtacha kunlik sotuv hajmlari 6,0 ming tonnani tashkil qildi. Ko`rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 540,2 ming so`mdan 511,3 ming so`mgacha pasaydi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 42 ta xaridor ishtirok etdi.
Shakar
Birja savdolariga 10 901,0 tonna shakar qo`yildi va uning 379,0 tonnasi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 8 ta xaridor ishtirok etdi. Ko`rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 889,8 ming so`mdan 12 537,1 ming so`mgacha pasaygan.
Suyultirilgan gaz
O`tgan hafta davomida birja savdolariga 5 672,0 tonna suyultirilgan gaz qo`yildi va uning 5 392,0 tonnasi, ya`ni 95,1% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 207 ta xaridor ishtirok etdi. Ko`rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 787,7 ming so`mdan 7 744,5 ming so`mgacha pasaygan.






