AsosiyJamiyat

Vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish choralari ko`rilmoqda - FVV

'Vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish choralari ko`rilmoqda - FVV'ning rasmi

Avvalroq, Rossiyaning Samara viloyatida sodir bo`lgan YTH haqida xabar bergan edik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lumotga aytilishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismidan olingan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 16 yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 13:00 larda Rossiya Federasiyasi, Samara viloyati, Stavropolsk rayoni M-5 avtomobil yo`lining 947 km.da harakatlangan “Lada Largus” rusumli  avtomobili va “Gazel” rusumli yuk avtomobili to`qnashishi oqibatida “Lada Largus” rusumli  avtomobilida bo`lgan jami 7 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yo`lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur choralar ko`rilmoqda.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, Rossiya Federasiyasi mas`ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko`rsatishda yaqindan ko`mak berishmoqda. O`zbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi Rossiya Federasiyasining tegishli tashkilotlari bilan bu borada yaqindan hamkorlik ishlarini olib bormoqda., deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar