AsosiyJamiyat

Toshkentda mashinadan tanasini chiqarib, xavfli "manyovr" qilgan yigit va qiz ushlandi (video)

'Toshkentda mashinadan tanasini chiqarib, xavfli "manyovr" qilgan yigit va qiz ushlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlangan va xavfli manyovrni amalga oshirgan shaxslarning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o`rganildi

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 16 yanvarga o`tar kechasi taxminan soat 03.30 larda Olmazor tumani Yangi Olmazor ko`chasida 2005 yilda tug`ilgan Sh.S. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) davlat raqami 01K 805 MS bo`lgan ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda davlat raqamini echib harakatlangan.

Harakatlanish jarayonida transport vositasida tanishlari 2006 yilda tug`ilgan M.A., 2006 yilda tug`ilgan M.L., 2009 yilda tug`ilgan I.A.lar ham bo`lgan va yo`l harakati qoidalarini buzgan. Transport vositasini boshqargan Sh.S. yo`lovchilar M.L. va I.A.lar tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlanishiga yo`l qo`ygan va ularning hayotini xavf ostiga solgan.   

Mazkur holat yuzasidan voyaga etmaganlarning ota-onasiga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Transport vositasi jarima maydoniga qo`yildi.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida yo`l harakati qoidalari buzilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar