Istanbul Modernning yangi binosi 100 yildan ortiq vaqtdan beri nashr etilgan, dunyoning etakchi arxitektura va dizayn jurnallaridan biri Architectural Digest tomonidan aniqlangan "2024yilning mo``jiza asarlari" ro`yxatiga kiritildi. Architectural Digest tomonidan har yili e`lonqilingan va "Mo``jiza asarlar (Works of Wonder)" ro`yxati sifatida ham tanilgan "2024 WoWRo`yxati"ga kiritilgan Istanbul Modernning yangibinosining sanoat va zamonaviy dizayni maqtovga sazovor bo`ldi.
Istanbul Modernning yangi muzey binosiniham o`z ichiga olgan ushbu ro`yxatga ochilishi bilan dong taratgan va dunyodagi eng katta LED globus sifatida ta`riflangan Las-Vegasdagi "Sfera", Madriddagi Qirollik kolleksiyalari galereyasi va Xirosimadagi Simose san`at muzeyi bilan butun dunyodan jami 18 ta ajoyib binolar kiritilgan.
Turkiyaning Galata portdagi birinchi zamonaviy va zamonasiga uyg`un san`at muzeyi bo`lgan Istanbul Modernning yangi binosi, muzeyning asoschisi Ejzajibashi Grup va uning bosh homiysi Dog`ush Grup-Bilgili Holdingning birgalikdagi hissasi bilan qurilgan.
Istanbul Modern yangi binosining loyihasi butun dunyo bo`ylab mashhur madaniyat va san`at muassasalari hamda muzeylari arxitekturasida taniqli Renzo Piano boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.






