“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.






