Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta`mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 17 yanvar kuni qator manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektrtarmoqlari" AJ xabar qildi.
Jumladan:
Mirobod tumani: «Qorasuv» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: «Jurjoniy» MFY hamda 14-mavze, 15-mavze va 21-mavzelarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha;
Olmazor tumani: «Hofiz Ko`xakiy», «Zarbdor» hamda «Shoshiy» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
"O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda.






