AsosiyDunyo

Eron Pokistonga raketa hujumi uyushtirdi: ikki bola halok bo`lgan

'Eron Pokistonga raketa hujumi uyushtirdi: ikki bola halok bo`lgan'ning rasmi

Eron Tehronga qarama-qarshi bo`lgan “Jaysh al-Adl” jangari guruhining ikki qarorgohiga raketa va uchuvchisiz uchoqlardan hujum uyushtirdi, deya xabar bermoqda "Tasnim" davlat axborot agentligi.

Hujum Pokistonning Balujiston viloyatidagi “Jaysh al-Adlning eng yirik qarorgohlaridan biri joylashgan” hududga qaratilgan. Tasnim xabariga ko`ra, ikkala shtab ham vayron qilingan. Hujumning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Pokistonning ma`lum qilishicha, hujum oqibatida ikki bola halok bo`lgan, yana uch nafari yaralangan, deya xabar beradi Associated Press. Pokiston bu hujumni Tehron tomonidan "asossiz qoidabuzarlik" deb atadi.

"Pokiston suverenitetini buzish mutlaqo qabul qilib bo`lmaydigan va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin", dedi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi.

Avvalroq Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi Erbil shahri yaqinidagi Iroq Kurdistoni hududiga zarbalar bergan edi. IRRX tomonidan ta`kidlanganidek, zarbalar nishoni "josuslik markazlari" va "Eronga qarshi terrorchi guruhlar to`planadigan joylar" bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar