AsosiyJamiyat

Surxondaryoda sifatsiz benzin sotayotgan zapravkalar aniqlandi

'Surxondaryoda sifatsiz benzin sotayotgan zapravkalar aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryodagi ayrim AYoQShlarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarga ko`ra, hududlarda o`tkazilgan o`rganishlar davomida ayrim zapravkalarda Ai-80 markali benzini Ai-95 markasida ko`rsatilib, qimmat narxlarda sotilayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda viloyat hokimining tegishli ko`rsatmasi bilan mazkur holatlarga chek qo`yish va ularning oldini olish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimligi benzin xarid qilishda iste`molchilarni e`tiborli bo`lishga chaqirib, yuqoridagi kabi holatlarga uchraganda huquqni muhofaza qiluvchi yoki soliq organlariga murojaat qilishni so`radi.

    Boshqa yangiliklar