Andijonda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda fuqarolar J.R. va F.O. qalbaki 2 000 AQSh dollarini fuqaro G.K.ga 20 mln so`mga sotishga kelishib, shundan 18 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSh dollari va 5 mln so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu hqada Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






