Jizzax viloyatida beshta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 15 yanvar kuni soat 06:50 larda M-39 xalqaro yo`lida Samarqand - Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan Nexia mashinasi Sharof Rashidov tumani hududida yo`lning muzlama bo`lgani tufayli harakat yo`nalishida to`xtab qolgan.
U bilan oldinma-keyin kelayotgan Howo rusumli yuk mashinasi esa kutilmagan to`xtashdan so`ng Nexia’ning orqa qismidan kelib urgan. Buning oqibatida yong`in sodir bo`lgan.
Yong`inni bartaraf etish uchun FVB o`t o`chirish bo`linmasi etib kelgan. Bo`linma vaqtni tejash maqsadida yo`lning ushbu qismda to`xtagan va qarama-qarshi tomonida yo`lning harakatlanish qismida to`xtab yonayotgan mashinadagi olovni o`chirishga uringan.
Ayni damda o`z yo`lidan kelayotgan Nexia va Nexia-3 avtomobillari ham o`t o`chirish mashinasiga kelib urilgan.
Hodisada hech kim og`ir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.






