AsosiyJamiyat

SSV tizimidagi barcha shifokor va o`rta tibbiyot xodimlari o`quv kurslarida o`qitiladi

'SSV tizimidagi barcha shifokor va o`rta tibbiyot xodimlari o`quv kurslarida o`qitiladi'ning rasmi

O`zbekistonda preventiv va predektiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko`ra, respublikadagi 10 ta tibbiyot oliygohida Preventiv va predektiv tibbiyot kafedralari tashkil etiladi.

Professional va oliy tibbiy ta`lim, kasbiy malakani oshirish va qayta tayyorlash tizimiga sog`lom turmush tarzi asoslari bo`yicha dars soatlari kiritiladi.

Yo`nalishidan qat`iy nazar malaka oshirish va ixtisoslashtirish kurslariga 6 soatdan kam bo`lmagan preventiv va predektiv tibbiyot darslari ham kiritiladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha shifokor va o`rta tibbiyot xodimlari, oliy va o`rta maxsus tibbiy ta`lim muassasalari professor pedagogik tarkibi 18 soatlik preventiv va predektiv tibbiyot kurslarida o`qitiladi.

    Boshqa yangiliklar