Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashning oldini olish maqsadida onlayn kuzatuv kameralari o`rnatilmoqda.
Endi belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan fuqarolar va avtomashinalar ro`yxati shakllantirilib, viloyat IIB boshqarmasi ma`lumotlar bazasidan avtomashina egalari to`g`risidagi ma`lumotlar, ularning manzillari olinadi.
Keyin esa viloyat Ekologiya boshqarmasi hududiy inspektorlari fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, huquqbuzarliklari haqida xabar beriladi.
Ularning xatti-harakati belgilangan tartiblarga zid ekanligi, atrof-muhitga zarar keltirishi tushuntirilib, ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi va tegishli jazo choralari qo`llaniladi.






