Varshava va Toshkent yangi muntazam reyslar (haftasiga 3 marta) yo`lga qo`yilishi mumkin. Bu haqda Turizm qo`mitasi va “Uzbekistan Airports” AJ vakillari o`rtasida parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalariga bag`ishlangan uchrashuvda so`z yuritildi.
Tomonlar muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, mashhur bloggerlar, OAV, shuningdek, LOT Polsha Airlines aviakompaniyasi rahbariyatidan tashkil topadigan Polsha delegasiyasining 14-15 mart kunlari O`zbekistonga tashrifiga oid tashkiliy masalalarni ko`rib chiqdilar






