AsosiyJamiyat

Endi mansabdorlar ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to`lanmaydi

'Endi mansabdorlar ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to`lanmaydi'ning rasmi

Yangi tartib mansabdorlarning fuqarolar huquqlarini buzadigan qarorlari va harakatlariga nisbatan shikoyatlari uchun amal qiladi.

Fuqarolar o`z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma`muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to`lamaydi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan «Davlat boji to`g`risida»gi qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Unga ko`ra, jismoniy shaxslar o`z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma`muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo`lgan boshqa organlarning, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to`lashdan ozod qilinadi.

Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish to`liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar bo`yicha undiriladigan davlat boji BHMning 70 foizi etib belgilandi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida edi).

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar