AsosiyDunyo

Xitoy aholisi bir yilda ikki millionga qisqardi

'Xitoy aholisi bir yilda ikki millionga qisqardi'ning rasmi

Xitoy Davlat statistika boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yil oxirida mamlakat aholisi 2022 yil oxiriga nisbatan 2,08 million kishiga kamaygan. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.

Xitoyda Gonkong, Makao, Tayvan aholisi, shuningdek, xorijliklarni hisobga olmaganda 1,40967 milliard fuqaro ro`yxatga olingan.

Yil davomida 9,02 million bola tug`ilgan, 11,1 million kishi vafot etgan. Har 1000 kishiga tug`ilish va o`lim darajasi mos ravishda 6,39 va 7,87 ni tashkil etgan.

Mamlakatda erkaklar soni 720,32 million, ayollar soni esa 689,35 millionni tashkil etadi.

 

    Boshqa yangiliklar