Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-O`zbekiston yoshlar innovasion markazi hamkorligida suv va elektr energiyani tejash bo`yicha ENE Kids loyihasining pilot dasturiga start berildi. Bu haqda Enegetika vazirligi xabar bermoqda.
Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf o`quvchilari ishtirok etishmoqda.
Ushbu dastur o`quvchilarga energiya va suvdan unumli foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishga yordam beradi hamda butun mamlakat ko`lamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini ko`rsatadi.
Ta`kidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni echishda o`z hissalarini qo`shishlariga ko`maklashadi.
Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining o`qituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi.






