AsosiyDunyo

Rossiya Qozog`istondan tuxum so`radi

'Rossiya Qozog`istondan tuxum so`radi'ning rasmi

Rossiya tomoni Qozog`iston tomoniga o`z chakana savdo tarmoqlariga tovuq tuxumi etkazib berishni ko`paytirish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Qozog`iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog`iston va Rossiya bosh vazirlari o`rinbosarlari Serik Jumangarin va Aleksey Overchuk o`zaro savdoning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

“Rossiya tomoni Qozog`iston tomoniga o`zlarining chakana savdo tarmoqlariga tovuq tuxumi etkazib berishni ko`paytirish iltimosi bilan murojaat qildi. Serik Jumangarin Qishloq xo`jaligi vazirligiga bu masalani tezroq ko`rib chiqish va Qozog`iston mahsulotlarini Rossiyaning chegaradosh viloyatlariga etkazib berishni ko`paytirish imkoniyatlarini topishni topshirdi. Oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida qaror qabul qilishda moslashuvchanlik zarurligi ta`kidlangan”, — deyiladi xabarda.

Hukumat Qozog`iston Respublikasi parrandachilik fermalarini tuxum bilan ta`minlash darajasi 2022 yilda aholi ehtiyojining 102 foizini tashkil etishiga ishontirdi. 2023 yilning 11 oyi davomida Qozog`iston Rossiya, Afg`oniston va Qirg`izistonga 186,6 million dona tovuq tuxumini eksport qildi.

    Boshqa yangiliklar