O`zbekistonning yangi elchisi Fariddin Nasriev Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi..
Rasmiy marosim doirasida bo`lib o`tgan suhbat chog`ida Eron Prezidenti so`nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar siyosat, parlamentlararo aloqalar, savdo va iqtisodiyot, investisiya, innovasiya, transport, energetika, suv va qishloq xo`jaligi, madaniy-gumanitar sohalarida har tomonlama izchil rivojlanib, yangi darajaga ko`tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shuningdek, O`zbekiston-Eron etakchilarining siyosiy irodasi, samarali sa`y-harakatlari hamda oliy darajadagi muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlantirishga kuchli sur`at bag`ishlagani ta`kidlandi.
Eron Prezidenti O`zbekiston elchisiga mas`uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirishga munosib hissa qo`shishiga ishonch bildirdi.






