AsosiySport

Qilichbozlik: O`zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo`lga kiritdi

'Qilichbozlik: O`zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Toshkentda qilichbozlikning shpaga yo`nalishi bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi.  

Jamoaviy dasturda bahs olib borgan qizlarimiz bugun bronza medallariga sazovor bo`lishdi.

Hamyurtlarimiz yarim finalda turkiyalik tengqurlariga 36:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o`rin uchun kechgan bahsda esa qozog`istonlik raqibalarini 45:20 hisobida dog`da qoldirdilar.

1-o`rin — Bolgariya

2-o`rin —  Turkiya

3-o`rin —  O`zbekiston

    Boshqa yangiliklar