Hindistondagi "Hry" dam olish maskanida o`zbek ayol va hind erkakning jasadi topilgan deb xabar berdi Daijiworld yangiliklar nashri.
Polisiyaning xabariga ko`ra, 22 yanvar kuni Hindistonning Haryana shtati Sonipat tumanidagi "Mera Gaon Mera Desh" dam olish maskanida o`zbekistonlik ayol va dehlilik erkakning yarim-yalang`och holatdagi jasadlari topilgan.
Jasadlar yakshanbaga o`tar kechasi ikki kishi ro`yxatdan o`tgan, bron qilingan xonada topilgan. Dushanba kuni ertalab jasadlarni aniqlagan dam olish maskani xodimlari polisiyaga xabar berishdi.
O`lim sababi o`limdan keyingi ekspertizadan so`ng ma`lum bo`ladi.
Marhumlar - Dehlida yashovchi Ashok Vixar (26 yoshda), ayol esa o`zbekistonlik Abdullaeva (32 yosh) ekanligi aniqlangan.
Erkakning oilasi kasalxonaga etib kelgan, ammo bu haqda izoh berishdan bosh tortgan. O`zbekiston elchixonasiga ham hodisa yuzasidan ma`lumot berilgan.