Britaniya va Germaniya astronomlari jamoasi Somon yo`lida barcha ma`lum neytron yulduzlaridan og`irroq va eng engil qora tuynukdan engilroq bo`lgan noma`lum yangi ob`ektni topdilar. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.
Ushbu ob`ekt millisekundlik pulsar (aylanish davri 1 dan 10 millisekundgacha bo`lgan pulsar) atrofida aylanadi va bizdan 40 000 yorug`lik yili uzoqlikda joylashgan.
Ob`ektni kashf etgan Manchester universiteti va Myunxendagi Maks Plank instituti tadqiqotchilari taxminicha, bu bu Eynshteynning nisbiylik nazariyasining yana bir bor tekshirib, qor tuynukga yangi tushuncha shakllantirishga yordam beradigan pulsar va qora tuynukning ilk ikkilik tizimi.
"Pulsar-qora tuynuk tizimi tortishish nazariyasining muhim sinovidir va og`ir neytron yulduzi yadro fizikasiga juda yuqori zichlikdagi jarayonlar haqida yangi tushunchalar beradi", - dedi Manchester universiteti astrofizigi, professor Ben Stappers.






