1

O`zbekiston va Xitoy Respublikasining Birinchi xonimlari uchrashdi (foto)

Siyosat 24.01.2024, 17:50
O`zbekiston va Xitoy Respublikasining Birinchi xonimlari uchrashdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi  Ziroat Mirziyoeva Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimi Pen Liyuan bilan uchrashuv o`tkazdi.

Ziroat Mirziyoeva O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi aloqalarning ildizlari juda uzoq o`tmishga borib taqalishi, xalqlarimizning boy tarixi va madaniyati bugun do`stlik, o`zaro ishonch va hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarimizga muhim asos bo`lib xizmat qilayotganini ta`kidladi.

Do`st Xitoy xalqini oy taqvimi bo`yicha kirib kelayotgan Yangi yil – Chun Sze bayrami bilan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Pen Liyuan O`zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoeva bilan qaror topgan yaqin do`stona munosabatlarni qadrlashi, mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik tobora yuksalib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1