1

Niderlandiya O`zbekistonga yangi elchi tayinladi

Siyosat 27.01.2024, 10:35
Niderlandiya O`zbekistonga yangi elchi tayinladi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Niderlandiyaning (qarorgohi Ostona shahrida) yangi elchisi Niko Sxemersdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiyaning O`zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Niko Sxemers bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, - deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. - Shubhasiz, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy yo`nalishda ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz janob Elchining O`zbekiston–Niderlandiya munosabatlarini boyitishga qaratilgan sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashga tayyormiz».

Tajribali diplomat Niko Sxemers avvalroq O`zbekistonda Niderlandiya elchisi bo`lgan Andre Karstens o`rniga tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1