AsosiyJamiyat

Yana bir o`zbekistonlik ayol Turkiyadan deportasiya qilindi

'Yana bir o`zbekistonlik ayol Turkiyadan deportasiya qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida  fuqarolarning ko`p miqdordagi pul mablag`larini Firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirishda ayblanib 2016 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo`lgan,1957 yilda tug`ilgan Rita Xalilova joriy yilning 13 yanvar kuni Istanbul shahrida qo`lga olingan edi.

R.X. O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O`zbekistonga deportasiya qilindi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi. 

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolardan O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so`raladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o`zbekistonlik ikki ayol deportasiya qilingan edi

    Boshqa yangiliklar