AsosiyJamiyat

Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag`larini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va o`g`rilik holatlari borligi aytildi

'Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag`larini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va o`g`rilik holatlari borligi aytildi'ning rasmi

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo`jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig`ilish boshlandi.  

Prezidentimiz kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Bu yil investisiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma ob`ektini qurish belgilangan.

Lekin soha yoki hudud rahbarlari byudjet mablag`larini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini ta`minlash bo`yicha namuna bo`ladigan tizim yaratmagani qayd etildi.

Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag`larini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va o`g`rilik holatlari ko`rsatib o`tildi.  

Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi ta`kidlandi.

Masalan, bugungi kunda loyiha tashkilotlari ob`ekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etildi. Sababi, loyiha qancha qimmat bo`lsa, loyihachi shuncha ko`p pul oladi.  

Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo`shib kiritilmoqda.

Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trillion so`mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olindi.  

Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda.

Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o`g`irlik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, "yashirin" qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e`tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat`iy javobgarligi belgilandi.

Amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslangan.

“Resurs” usulida 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg`i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo`lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilgan.

“Hajm usuli”da esa pudratchidan yakuniy natija so`raladi. Muhimi, quruvchi ob`ektni o`z vaqtida va sifatli topshirsa bo`ldi.

Bundan tashqari, loyiha, tender, qurilish va ob`ektni qabul qilish bilan bog`liq barcha jarayonlarda korrupsiya holatlari uchrab turibdi.

Endilikda loyiha qilishdan boshlab, ob`ektni foydalanishga topshirishgacha bo`lgan barcha jarayonlar ham, ularning nazorati ham yangicha tashkil etiladi.

Eng avvalo, kelgusi yil 1 yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o`tiladi.  

Bu tartib 1 iyuldan yo`l, ichimlik suvi va ko`prik qurilishi loyihalarida joriy qilinishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar