1

Surxondaryoda ko`chani asfaltlash uchun ajratilgan mlrdlar rahbarlar "cho`ntagi"ga tushdi

Jinoyat 29.01.2024, 21:48
Surxondaryoda ko`chani asfaltlash uchun ajratilgan mlrdlar rahbarlar "cho`ntagi"ga tushdi

Surxondaryo va Farg`ona viloyatlarida qurilish-ta`mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A” MChJ rahbari A.T va “Surxondaryo mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati” DUK mas`ul shaxslari tumandagi ichki ko`chalarga asfalt yotqizishda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 2,2 mlrd so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.d.” MChJ rahbari “B.” MFY hududidagi ko`chalarda oqava suv tarmog`ini rekonstruksiya qilishda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 253,9 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1