AsosiyJamiyat

Mingbuloq tumani sudi raisi pora olayotganda qo`lga olindi

'Mingbuloq tumani sudi raisi pora olayotganda qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S. o`zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O. S.ga engilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V. S.dan 2 000 AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Oliy sud Plenumining bugun o`tkazilgan majlisida Bosh prokurorning jinoyat ishlari bo`yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash haqidagi taqdimnomasi ko`rib chiqilib, rozilik berildi.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bunda eng avvalo, sudya va xodimlar o`rtasida nojo`ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yo`l qo`ygan sudya va xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qat`iy choralar ko`rishga e`tibor qaratilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar