AsosiyJamiyat

Yo`lovchining ruchkasi tushib ketib, tiqilib qolgani sabab Toshkent metrosi eshiklari ochiq holatda harakatlandi

'Yo`lovchining ruchkasi tushib ketib, tiqilib qolgani sabab Toshkent metrosi eshiklari ochiq holatda harakatlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarining birida eshik yopilmasdan poezd harakatlanmoqda mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK quyidagilarni ma`lum qiladi:

Joriy yilning 1 fevral sanasi soat 08:55 lar atrofida «Paxtakor» bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan birida nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan, harakat tarkibi keyingi bekatga etib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga yo`lovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu esa vagon eshiklari yopilishiga to`sqinlik qilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar