Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida sodir bo`lgan daxshatli YTX videosi tarqalmoqda. Viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy axborot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni soat taxminan 12:30 lar chamasi Sho`rchi tumani “Sovurtepa” mahallasi hududidan o`tuvchi M41 avtomobil yo`lining 1522 km da 2002 yilda tug`ilgan haydovchi o`ziga tugishli “KIA K5 D05P” rusumli transport vositasini boshqarib kelib, bir yo`nalishda harakatlanib borib, chapga burilayotgan 1991 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasi bilan to`qnashib yo`l transport hodisasini sodir etgan.
To`qnashuv vaqtida yo`l chetida harakatlanib ketayotgan ota-bola va yana bir nafar fuqarolarni ham turtib ketgan. Natijada piyoda 2014 yilda tug`ilgan voyaga etmagan maktab o`quvchisi “bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya lat eyishi, o`ng elka qismidan yopiq sinishi” tashhisi bilan tuman shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sho`rchi tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






