Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. “T-Sh.” MChJ rahbari D.E.ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga engil jazo tayinlatib berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
01.02.2024 17:50
Jizzaxda MChJ rahbariga 15 ming dollar evaziga engilroq jazo tayinlatib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi






