Avvalroq, Jambil viloyatida 26 ta avtomobil ishtirokida yirik yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Qozog`istonning Jambil viloyati, Jualin tumani, Nurlikent qishlog`i yaqinidagi "G`arbiy Evropa – G`arbiy Xitoy" avtomobil yo`lining 567 kilometrida yo`lda 26 ta avtotransport vositalari o`rtasida yirik yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O`zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi ma`lumotiga ko`ra, ushbu baxtsiz hodisa tufayli vafot etganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q.
Vaziyat Bosh konsullik nazorati ostida. Bosh konsullik xodimlari yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan joyga etib borgan.






