AsosiyJamiyat

1 iyuldan boshlab barcha kommunal xizmatlarga yagona hisob-raqam orqali to`lov tizimi joriy etiladi

'1 iyuldan boshlab barcha kommunal xizmatlarga yagona hisob-raqam orqali to`lov tizimi joriy etiladi'ning rasmi

2024 yil 1 iyuldan boshlab, istalgan kommunal xizmatga yagona hisob-raqam orqali to`lov tizimi joriy etiladi. Bu haqida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, elektr energiya iste`molchilariga "aqlli" hisoblagichlar o`rnatilib, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi. Endi shu tizimni takomillashtirish maqsadida yagona billing tizimi ishlab chiqilmoqda. Tizim 2024 yilning 1 iyul kunidan boshlab to`liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tizimning mobil ilovasi ham yaratiladi. Ilova orqali iste`molchi o`zi amalga oshirgan to`lovlar, iste`mol qilgan elektr energiyasi miqdori, hududida yuzaga kelayotgan avariyaviy holatlar haqida ma`lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar