AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ertaga O`zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba`zi joylarda asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Yakshanba kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Kunduzgi harorat 2-4 fevral kunlari 3-8 darada iliq atrofida bo`ladi. Kechasi harorat asosan 0-5 daraja sovuq, ba`zi joylarda 3 daraja iliqqacha bo`ladi.

3-4 fevralda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda: bugun va ertaga yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 2-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-6 daraja iliq bo`ladi.

Yakshanba kuni biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

    Boshqa yangiliklar