Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Magic City” parki bilan bog`liq turli xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.
"Magic City” parkini boshqaruvchi “Toshkent Aquarium” MChJ ta`sischisi Alisher Abduvoxitov ushbu xabarlarni tasdiqlanmagan va asossiz ekanligini aytdi.
Uning aytishicha, park avvalgi O`zbekiston milliy bog`i negizida tashkil etilgan bo`lib, qurish va jihozlash ishlariga barcha investisiya majburiyatlari to`liq bajarilgan. Natijada 1600 yaqin ish o`rni yaratilgan.
"2021 yilda menga “Magic City” loyihasini tijorat banklari oldidagi qarzdorliklari va davlat oldidagi majburiyatlari bilan birga sotib olish taklif etildi. Banklar oldidagi qarzlar hozir grafik asosida to`lab kelinmoqda.
Aytish kerakki, “Magic City” parkini emas, balki parkni boshqaruvchi korxona sotib olingan. Davlat bilan tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so`ng “MAGIC CITY” parki to`liq davlat tasarrufiga qaytariladi.
Men “Akfa Group” kompaniyasi tizimida 13 yildan ortiq ishlaganman. Shu jumladan, ushbu parkni loyihalash va qurilishida to`liq ishtirok etganman. Kompaniya asoschisi Ortiqxo`jaev Jahongir Abidovichni ustozim deb bilaman. Meni o`z ukam esa Ortiqxo`jaev Jahongir Abidovichning kuyovi bo`ladi.
“Magic City” parkini boshqarish menga mustaqil tadbirkor sifatida shakllanishimga imkon berdi. Olgan bilim va tajribalarga va jamoamizga suyanib, xizmat ko`rsatishda bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelyabmiz, deydi Alisher Abduvoxitov.






