AsosiyJamiyat

Angrenda markazlashtirilgan kommunal suv ta`minoti tizimiga noqonuniy ulangan MChJ aniqlandi

'Angrenda markazlashtirilgan kommunal suv ta`minoti tizimiga noqonuniy ulangan MChJ aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi  tomonidan “Toshkent suv ta`minoti” MChJ shahar filiali xodimlari bilan hamkorlikda  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Ch.S.” MChJ mas`ul shaxslari markazlashtirilgan kommunal suv ta`minoti tizimiga suvni hisobga olish uskunalarini o`rnatmasdan o`zboshimchalik bilan ulanib, foydalanib kelganligi natijasida “Toshkent suv ta`minoti” MChJ manfaatlariga jami 831,6 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar