Bugun, 2 fevral kuni Andijon shahrida ko`p qavatli uylardan birida yong`in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:13 da Andijon shahridagi 39-ko`pqavatli uyning 61-xonadonida gaz havo aralashmasining chaqnashi sababli yong`in yuzaga kelganligi to`g`risida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 3 ta Yong`in qutqaruv ekipajlari soat 18:18 etib borishib, yong`in soat 18:21 da to`liq qurshab olingan, yong`in soat 18:27 da batamom o`chirilgan.
Yong`in natijasida 1 nafar fuqaro jarohat olgan, 1 nafar fuqaro vafot etgan.






