Bugun, 2 fevral kuni soat 18:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko`chasida Lacetti, 2 ta Matiz va 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
YTH natijasida yo`l chetida texnik nosoz bo`lgan Matiz rusumli avtomashinani ta`mirlayotgan ikki nafar fuqaro engil jarohat olgan, ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko`rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






