Bugun, 2 fevral Ozarboyjonda yoshlari kuni.
2003 yildan keyingi davrda mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish yo`nalishi mavjud an`analar asosida yanada takomillashtirildi. Ozarboyjon yoshlariga oid davlat dasturlari qabul qilindi, 2007 yil “Yoshlar yili” deb e`lon qilindi, 2011 yilda Yoshlar jamg`armasi tashkil etildi, 2013 yilda “Yoshlar uchun Prezident mukofoti” ta`sis etildi, Ozarboyjon yoshlarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Prezident Ilhom Alievning tegishli farmoyishlari bilan “2007-2015 yillarda Ozarboyjon yoshlarini xorijiy mamlakatlarda ta`lim olish bo`yicha Davlat dasturi” va “2022-2026 yillarda yoshlarni xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olish bo`yicha Davlat dasturi” tasdiqlandi. Ular xorijda turli qatlam yoshlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Ushbu dastur orqali minglab yoshlar dunyoning eng nufuzli ta`lim muassasalarida tahsil olmoqda. 2022-2026 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida jami 2000 nafargacha Ozarboyjon fuqarosi xorijdagi nufuzli oliy ta`lim muassasalarida bakalavr va magistr darajalarini oladi.
Ma`lumot uchun, Prezident Ilhom Aliev 1 fevral kuni “2024 yilda yoshlarga Prezident mukofotlari berish to`g`risida”gi qarorni imzoladi. Farmonga ko`ra, ilm-fan, ta`lim, madaniyat, yoshlar siyosati va yoshlar bilan ishlash, jamoat va ijtimoiy yo`naltirilgan faoliyat, innovasiyalar va tadbirkorlik sohalarida alohida ajralib turgan 10 nafar shaxs Prezidentning 2024 yilgi Yoshlar mukofoti bilan taqdirlandi.