AsosiyJamiyat

Janubiy Koreya 100 mingga yaqin o`zbekistonlikni ishga taklif qilmoqda

'Janubiy Koreya 100 mingga yaqin o`zbekistonlikni ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

Koreyaga ishga yuborish uchun ilk bor 100 ming nafar o`zbekistonlik tanlovlarga jalb qilinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Koreya Respublikasi E-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda xorijda ishlash istagida bo`lgan O`zbekiston fuqarolarini tanlovlarga jalb qiladi:

-Ishlab chiqarish sohasida 22 ming 248 ta

-Qishloq xo`jaligi sohasida 6 ming 858 ta

-Xizmat ko`rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5 ming 403 ta (asosan ayollar uchun)

-Qurilish sohasida 2 ming 898 ta

Dastlabki ro`yxatdan o`tish joriy yilning 8-14 fevral kunlari amalga oshiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak.

Oylik maosh: o`rtacha 2000-2500 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

✅ Koreyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun respublikaning barcha hududlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida Qirol Sejong fondining koreyalik professional o`qituvchilari tomonidan koreys tili kurslari tashkil etilgan.

✅ Shuningdek, 2024 yil davomida  E-9 va boshqa ishchi vizalari asosida tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 100 mingga yaqin O`zbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar