Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Kanadaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Unda Kanada bilan mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlikni yo`lga qo`yish, o`zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo`yicha muzokaralar olib borildi.
Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o`rtasidagi aloqalarni o`rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.






